ToshPTI hodimlari kasaba uyushmasi institut ma"muriyati bilan hamkorlikda o’qituvchi-professor va ishchi-hizmatchilarni sotsial-iqtisodiy jihatidan himoyalanishlarini kafolatlash, ularni manfaat va huquqlarini himoyalash borasida O’zR Konstitutsiyasi, O’zR MK, Respublika Adliya vazirligi, Respublika SSV va Menat Vazirliklarining buyruq va qarorlari asosida olib borilishini ta"minlab keladi. Ish jarayoni yil uchun tuzilgan va qayta tahrirdan o’tkazilgan jamoa shartnomasini tasdiqlanishi va qabul kilinishi orqali olib boriladi.
ToshPTI hodimlari kasaba uyushmasi, jamoat tashkiloti sifatida 1972 tashkil topgan.
ToshPTI hodimlari kasaba uyushmasi o’z tarkibiga institut (845), institut qoshidagi bolalar shifohonasi (886) va uni tarkibidagi maslahat poliklinikasi (40) va Respublika Skrining markazi (55) hodimlarini biriktirgan bo’lib, jami uyushma tarkibini 1786 kishi tashkil etadi. Ulardan 566 tasini erkaklar, 1220 tasini esa ayollar tashkil etadi. Kasaba uyushmasi qoshida 8 ta ishchi guruhlari faoliyat ko’rsatib keladi. Uyushma 1,5 shtat birligidan iborat bo’lib, 0,5 birlikni uyushma raisi va 1,0 ta birlikni esa uyushma bosh hisobchisi egallagan.